Bugun, 25-noyabr kuni respublikamizning 14 ta oliy taʼlim muassasasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish marafoni boʻlib oʻtdi.
Jumladan, Urganch davlat universitetida ham Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi bo'yicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur loyiha doirasida universitet rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida taʼlim muassasamizning ko'ngilli jamoasi faol ishtirok etib, universitet hududiga 600 dan ziyod manzarali daraxtlar koʻchatlarini ekdilar.