Joriy yil 24-noyabr kuni Urganch davlat universitetida "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida "Eng yaxshi insholar" tanlovining universitet bosqichi o'tkazildi. Tanlovda fakultet bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 32 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Hakamlar hayʼatining xulosasiga koʻra, quyidagi talabalar "Eng yaxshi insholar" tanlovining universitet bosqichi gʻoliblari deb topildi:
1-o'rin - Filologiya fakulteti talabasi Ismoilova Aziza
2-o'rin – Pedagogika fakulteti talabasi Tahirova Tanho
3-o'rin – Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Egamberdiyeva Sevara
Tanlovning universitet bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba-yoshlar, jumladan, 1-o'rin sohibi 1 000 000 so'm, 2-o'rin sohibi 750 000 so'm va 3-o'rinni qo'lga kiritgan talaba 500 000 soʻm pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantiriladi.