Bugun, 30-noyabr kuni Filologiya fakulteti tomonidan universitet miqyosida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining noyabr oyi soni bo'lib o'tdi.
Unda Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Tanlov Isajon Sultonning “Genetik” romani hamda rus adibi Mixail Bulgakovning “Ityurak” asarlari yuzasidan tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda Filologiya fakultetining 8 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
Tadbirda 196-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan taqdimot, oilada kitobxonlikni targ'ib etuvchi sahna ko'rinishlari hamda go'zal raqs va kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bagʻishladi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rin 204-guruh talabasi Jumaniyazova Munis;
2-o'rin 206-guruh talabasi Odamboyeva Zuhra;
3-o'rin 198-guruh talabasi
Rajabboyev Og'abek.
Rus tili yo'nalishi talabalarining natijalari:
1-o'rin 221-(yevro) guruh talabasi Mutallayeva Olesya;
2-o'rin 221-(yevro) guruh talabasi Otajonova Dilnura;
3-o'rin sohibi 192-(yevro) guruh talabasi G'ulomjonova Munira.
Tanlov g'oliblari hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.