Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim yo’nalishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, xorijiy o’quv yurtlari bilan birgalikda faoliyat olib borish, o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tajriba almashish ishlari keng amalga oshirilmoqda. Bu borada Urganch davlat universiteti ham ilgʼor taʼlim muassasalaridan biri sanaladi.
Jumladan, hozirda universitetimizning Pedagogika, Xorijiy filologiya va Fizika-matematika fakultetlaridan 13 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar universitetlar o'rtasidagi mobillikni amalga oshirish maqsadida Turkiyaning Izmir shahridagi hamkor Ege davlat universitetida joriy yil 5-dekabridan 23-dekabrigacha boʼlib turibdilar.
Tashrifning ilk kunida Ege universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi va fakultet vakillari bilan tanishib, hamkorlikni o‘zaro ilmiy tajriba almashinuvi va seminar darslar tashkil qilish orqali mustahkamlashga kelishib olindi.