Bugun mamlakatimiz bo'ylab “Shuhrating porlasin toki bor jahon...” shiori ostida Davlat madhiyasining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Urganch davlat universitetida ham madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi va tadbir avvalida Davlatimiz madhiyasi jarang sochdi.
Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish sо‘zi bilan ochib, bugungi qutlug‘ sana munosabati bilan universitet jamoasini samimiy qutladi.
Tadbirda Respublika ma’naviyiyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari Gʻ.Atajonov hamda “Tarix” kafedrasi dotsenti, t.f.d. S.Matkazrimovalar soʻzga chiqib, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanishi, unga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanligini taʼkidladilar, madhiyatining yaratilish tarixi haqida maʼlumot berdilar.
Tadbir yakunida Oʻzbekiston xalq artisti G.Rahimovaning ijodiy chiqishi va talabalarning kuy-qoʻshiqlari tadbirga bayramona kayfiyat bagʻishladi.