Turkiyaning Izmir shahridagi Ege  universitetida Pedagogika fakulteti  "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri dotsent N.Quchqorova  boshchiligida bir guruh talabalar almashinuv dasturi asosida faoliyat olib borishmoqda. 13-dekabr kuni magistrlarimiz talabalarning amaliyot o'tash tizimi bilan tanishish maqsadida Turkiyaning Izmir shahridagi "Orkide" davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lishdi. Jarayonlarni yaqindan o'rganib, tashkilotning moddiy-texnik bazasi, mashg'ulot xonalarining jihozlanishi hamda davlat va nodavlat MTTlarning o'ziga xos jihatlari bilan tanishishdi. Shu kunning ikkinchi yarmida Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabalari amaliyot o'tayotgan "Atakent Aysel" nomli maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurishdi. U yerda "Ritm" mashg'ulotlari jarayonini kuzatishdi hamda talabalarning amaliyot hujjatlari bilan tanishishdi.