Joriy yil 26-dekabr sanasidan boshlab Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari boshlandi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov va rektor maslahatchisi R.Sharipov hamrohligidagi ilk uchrashuv Pedagogika fakulteti jamoasi bilan boʻlib oʻtdi.
▪️Uchrashuvda oʻtib borayotgan 2022-yil fakultet misolida sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun rejalar belgilab olindi. Xususan, fakultet ilmiy salohiyati, eski yilda qilingan himoyalar soni tahlil qilindi, kafedra aʼzolari tomonidan nashr etilgan darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya va ilmiy maqolalar muhokama etilib, ilmiy salohiyatni oshirishda faollikka chaqirildi.
▪️Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼlimga katta eʻtibor qaratilganligi haqida ham atroflicha toʻxtalib, bu oʻz navbatida pedagoglar jamoasi zimmasiga katta masʼuliyat yuklashi eʼtirof etildi. Taʼlimni yanada sifatli tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida fakultet jamoasi oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Maʼlumot oʼrnida: Hozirda Pedagogika fakultetida 6 ta kafedra va ularda asosiy shtatda jami 157 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati 19 %ni tashkil etadi. Soʼnggi ikki yilda 3 nafar fan doktori (DSc) va 15 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilingan.