Bugun viloyatimiz markazidagi “Jaloladdin Manguberdi” majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Milliy armiyamiz -Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!"shiori ostida milliy armiyamizni madh etuvchi harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.
▫️Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va jangovor texnika qurol -aslahalarining namoyishi, harbiy sport musobaqalari hamda harbiy orkestrning kuy va qoʻshiqlari tadbirga yanada joziba baxsh etdi. Tadbirda Urganch davlat universiteti tyutorlari, xodimlari ishtirok etishdi.