Bugun, 10-yanvar kuni “Xotin-qizlar huquqiy himoyasiga oid hujjatlar, gender tenglik va xotin-qizlar o’rtasida sog’lom ruhiy-emotsional holatni ta’minlash” mavzusidagi seminar-trening Tabiiy fanlar va Fizika-matematika fakultetlari ayol professor-oʻqituvchilari, ishchi xodimlari hamda bosh bino ishchi-xodimlari ishtirokida bo’lib o’tdi.
Seminar-treningda universitet Bosh yuristkonsulti, PhD Sh.Atayev, UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, dots. Sh.Nurullayevalar mavzu doirasida maʼruza qildilar. UrDU amaliyotchi psixologi M.Avazova ruhiy-emotsional holatini yaxshilashga qaratilgan psixologik trening olib bordi.