Bugun Tabiiy fanlar, Fizika-matematika va Filologiya fakultetlari tyutorlari bir guruh talabalar bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 14- yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Urganch shahrida joylashgan 53008- sonli harbiy qismga tashrif buyurdilar.
Bayram oldidan harbiylarning kayfiyatini koʻtarish, ularga bayramona kayfiyat bag'ishlash maqsadida talabalar va harbiylar, tyutorlar va harbiylar o'rtasida shashka- shaxmat musobaqalari hamda "Zakovat" intellektual oʻyinlari o'tkazildi. Bu kabi tadbirlar talaba-yoshlar qalbidagi vatanparvarlik tuygʻusini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.