Bugun, 28-yanvar kuni Urganch davlat universitetida boʻlib oʻtgan ushbu ochiq muloqot Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Gʻ.Matlatipov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Q.Yoʻldoshev hamda UrDU Matbuot kotibi M.Ahmedovalar boshchiligida tashkil qilindi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, Fizika-matematika fakultetining bitiruvchi talabalari, tyutorlari va ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy kanallarini yuritib kelayotgan yosh blogerlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda masʼullar tomonidan bitiruvchilar qanday kasbiy malakaga ega boʻlishi, xususan, bakalavriatni tamomlagan bitiruvchi oʻzining egallashi mumkin boʻlgan lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini olib borishi, dunyoqarashi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi, shuningdek, magistraturani tamomlagan bitiruvchi esa oʻzi mustaqil ilmiy tadqiqot yurita olishi, doktoranturada faoliyatini davom etishi mumkinligi haqida atroflicha ma'lumotlar berdilar.
Ochiq muloqotda talabalar yo'nalishlar kesimida bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari va ishga joylashishda qo'yiladigan malaka talablari haqidagi bilimlarga ham ega bo'ldilar.
Muloqot davomida qatnashuvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.