“Koreya madaniyati” haftaligi tadbirlarida optika sohasi imkoniyatlari ham ochib berilmoqda. Jumladan, delegatsiya tarkibida ushbu soha bilan muvaffaqiyatli shugʻullanib, Koreyada maxsus koʻzoynaklar yasashda oʻz bilimlari bilan hissa qoʻshib kelayotgan professor Ryu Geunchang boshchiligida volontyor talabalar jamoasi ham bor boʻlib, ular universitetimiz talabalari va professor-oʻqituvchilarini ko‘rish qobiliyatlarini maxsus uskuna orqali tekshirib, koʻz kasalliklari profilaktikasi boʻyicha oʻzlarining tavsiyalarini berishmoqda.