Fakultetlarda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻrish bilan birgalikda, ular bilan qiziqarli muloqot olib borishdi. Xorijiy filologiya fakulteti fransuz tili va nemis tili yoʻnalishi talabalarining dars jarayonlarida ishtirok etishdi. Talabalarning chet tillarida gapirish ko‘nikmasi juda yaxshi shakllanganligi va oʼz fikrini bemalol bildirayotganliklarini alohida eʼtirof etishdi.
Shuningdek, “Fizika” kafedrasida boʻlib, Erasmus+ loyihalari asosida tashkil qilingan laboratoriyalar bilan tanishdilar.
Shu bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian boshchiligidagi delegatsiyaning universitetimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.