“Koreya madaniyati haftaligi”ning xayrlashuv madaniy tadbiri boʻlib oʻtdi

Xabaringiz bor, 30-yanvar kuni Janubiy Koreyaning  hamkor Dongshin universiteti  vakillari: prof. An Minjo, prof. Ryu Geunchang, prof. Yoon Jaeeung, prof. Song Hanbit va 21 nafar talabalaridan iborat delegatsiya universitetimizga tashrif buyurgan edi.  Tashrif asnosida bir hafta davomida Urganch davlat universiteti va viloyatimiz taʼlim muassasalarida “Koreya madaniyati haftaligi” tadbirlari boʻlib oʻtdi.  

Bugun, 4-fevral kuni UrDU Madaniyat saroyida mazkur haftalikning xayrlashuv madaniy tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida UrDU rektori B.Abdullayev hamda Dongshin universiteti  oʻqituvchilarining tabrik soʻzlari tinglandi. Mehmonlar haftalik davomidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, iliq va doʻstona munosabatlar, samarali hamkorlik uchun  universitet maʼmuriyatiga va faol talaba-yoshlarga minnatdorchilik izhor qilishdi. 

Shundan soʻng, madaniy tadbirning badiiy qismiga navbat berilib, Urganch davlat universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti talabalarining chiqishlari, viloyatimizning taniqli yosh sanʼatkorlari hamda “Musiqa taʼlimi” kafedrasi o‘qituvchisi I.Karimov dirijyorligidagi Orkestr jamosi  va   “Xalq cholgʻulari” ansambli ijrosidagi oʻzbek milliy-kuy qoʻshiqlari madaniy tadbirga qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Ayniqsa, UrDU va Dongshin universiteti talabalari hamkorligida namoyish etilgan “Saroy javohiri” koreys milliy serialidan parcha tadbir ishtirokchilarida iliq taassurot uygʻotdi.

Bu kabi hamkorlik aloqalari talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishni oshiribgina qolmay, ikki davlat talabalari o‘rtasida o‘zaro ahillik va hamjihatlikda harakat qilish tushunchalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Shu bilan “Koreya madaniyati haftaligi” kunlari oʻz niyohasiga yetdi. 

urdu.uz, “Koreya madaniyati haftaligi”ning xayrlashuv madaniy tadbiri boʻlib oʻtdi