Shu munosabat bilan Fizika-matematika fakulteti tyutorlari boshchiligida talabalar bilan ijodiy uchrashuv tashil etildi. Unda Oʻzbekiston Yozuvchlari uyushmasi aʼzosi Shuhrat Matkarimov ishtirok etdi.
Bugungi kunda talabalarimiz Alisher Navoiyning noyob durdonalarini chuqur oʻrganishlari, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi borasidagi falsafiy qarashlarini teran anglashlari juda muhim ahamiyatga ega. Ijodkor bilan uchrashuvda aynan shu haqida atroflicha soʻz yuritildi. Zotan, Navoiyni anglash - oʻzlikni anglashdir.
Tadbirda talabalar tomonidan shoir ijodiga oid gʻazallar ifodali bayon etildi.