Yoshlar orasida giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi

Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy oʻzgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sogʻlom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish ustuvor maqsadimizdir. 

2023-yil 9-fevral kuni Urganch davlat universitetida talaba-yoshlar orasida giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir ham aynan shu maqsadga qaratilgandir.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Huquqiy profilaktika xizmati boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik X.Husanov, Xorazm viloyati IIB Huquqiy profilaktika boʻlimi xodimi, mayor J.Masharipov, UrDU Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov, universitet profilaktika inspektori D.Sapayev va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida giyohvandlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida videofilm namoyish etildi.