Fevral oyi -

Bugun, 10-fevral sanasida Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida "Giyohvandlik - umr zavoli" mavzusida  talaba-yoshlar va soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda UrDU birinchi prorektori S.Davletov, universitet Tyutorlar kengashi raisi R.Matchanov,  1-son oilaviy poliklinikasi hamshirasi Sh.Atajonova, Urganch shahar bo'yicha Ichki ishlar organlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo'limi tezkor vakili, leytenant O.Masharipov, Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi shifokori O.Madaminov hamda  universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlari, Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritar ekan, giyohvandlik jamiyat, millat ravnaqiga zarar yetkazuvchi eng xavfli muammo ekanligi, hozirda dunyo davlatlarini tashvishga solib kelayotganligi, giyohvandlik insonning ijtimoiy-ruhiy holatini izdan chiqaradigan g‘oyat xatarli illat, bedavo xastalik, uning oqibatida minglab norasida go‘daklar mayib-majruh tug‘ilayotganligi, dunyoda millionlab odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumayotganligi haqida so‘z yuritdilar.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.

urdu.uz, Fevral oyi - " Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurash oyligi" munosabati bilan tadbir o'tkazildi