"Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni" munosabati bilan haftalik doirasidagi Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkazilgan ushbu forumda respublikamizdagi olima ayollar, tadqiqotchi xotin-qizlar qatorida Urganch davlat universiteti olima ayollari va talaba-qizlari ham zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, olima ayollar safini kеngaytirish, ilmiy salohiyatga ega opa-singillarimizni ilmiy faoliyatga kеng jalb etish hamda ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g'oyalarini ro'yobga chiqarish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Forumda asosiy eʼtibor ana shu tub oʻzgarishlarni koʻrsatib berishga qaratildi.