“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi

Joriy yil 16-fevral sanasida Urganch davlat universitetida  “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish” mavzusida profilaktik boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituchilari, tyutorlari va talaba-yoshlari tegishli soha mutaxassislarining mavzu doirasidagi maʼruzalarini tingladilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. 
Jumladan:

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, universitetda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldi. 

Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik S.Rahimov hozirda yoshlar orasida uchrayotgan turli huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar holatlari hamda viloyatimizda bularni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Hayotiy misollar keltirib, talaba-yoshlarni ogohlikka chaqirdi.

Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik R.Sultonov “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida maʼruza qilib, giyohvandlik va uning inson hayotiga salbiy taʼsiri borasida atroflicha soʻz yuritdi. 
Tadbir so‘nggida “Giyohvandlik-asr vabosi” nomli videorolik namoyish etildi.
urdu.uz, “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi