Yangi qabul qilingan magistrlar bilan uchrashuv o'tkazildi

Bugun Urganch davlat universitetining magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023 o‘quv yili yanvar oyi qabuli bo‘yicha tanlovdan oʻtgan magistrantlar bilan UrDU Magistratura boʻlimi boshligʻi Y.Taxirov uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda oʻquv jarayonlarining tashkil etilishi, taʼlim Kredit-modul tizimi asosida olib borilishi, darslar 20-fevraldan boshlanishi va universitetda magistrlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek,  2 yil oʻqish mobaynida magistrdan talab qilinadigan xorijiy tilni bilish darajasini baholovchi milliy yoki xalqaro tan olingan B2 (C1) darajadagi sertifikatni 2024-yil oxiriga qadar taqdim qilish lozimligi haqida tushuntirish berildi.

urdu.uz, YANGI QABUL QILINGAN MAGISTRLAR BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

urdu.uz, YANGI QABUL QILINGAN MAGISTRLAR BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

urdu.uz, YANGI QABUL QILINGAN MAGISTRLAR BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI