Seminarda UrDU birinchi prorektori S.Davletov ishtirok etib, yoshlar bilan ishlash borasidagi tyutorlar faoliyati, ular oldidagi vazifalar, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalari xususida ma’ruza qildi. Talabalarni ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishda faollik koʻrsatgan tyutorlarni e’tirof etdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Urganch shahridagi harbiy qism rahbariyati a’zolari ham ishtirok etib, harbiy qism bilan hamkorlikda faollik koʻrsatgan xodimlarga tashakkurnomalar taqdim qilindi.
Seminardan soʻng, tyutorlar uchun Tabiiy fanlar fakulteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.