Urganch davlat universitetiga quyosh panellari o'rnatilmoqda

2023-yil 8-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarni obod qilish va aholi bandligini oshirish masalalari bo‘yicha o’tkazgan yig’ilishida quyosh panellarini o‘rnatish masalasiga alohida toʻxtalib, muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish barchamiz uchun manfaatli bo‘lishini bildirgan edi.
Shu asnoda, bugungi kunda barcha oliy taʼlim muassasalarida quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Urganch davlat universitetining asosiy oʻquv binosi tom qismiga quyosh panellari joylashtirilib, quvvati 150 kVt bo‘lgan 272 ta quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. 

Hozirda mazkur stansiyani elektr energiya taʼminoti tizimiga ulash ishlari amalga oshirilmoqda.