2023-yil 22-fevral kuni Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Samandarovlar chorshanba kungi TTJga tashrif doirasida Texnika va Kimyoviy texnologiyalar fakultetlariga qarashli 6- hamda 7-sonli talabalar turar joylarida boʻlib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif davomida talabalari bilan suhbatda bo‘lib, u yerda yaratilgan barcha sharoitlardan oqilona foydalanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chaqirdilar. Ularni qiynayotgan muammolar haqida so‘radilar, takliflarini tingladilar.
Tashrif yakunida ushbu fakultetlarning dekan muovinlari, TTJ masʼul xodimlari va Talabalar kengashi a‘zolari ishtirokida o‘zaro yig‘ilish o‘tkazilib, u yerdagi o‘rganilgan masalalar muhokama qilindi.