Bugun Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida «Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi» doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Urganch tumani IIB JXX XPB Xotin-qizlar masalalari katta inspektori, mayor Sh.Botirova, viloyat OITS ga qarshi kurash boshqarmasi katta shifokori Sh.Abdullayev, UrDU profilaktika inspektori D.Sapayev, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqan maʼruzachilar giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning zarari, narkotik savdosiga qarshi kurash, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berishdi. Tadbirda talaba-yoshlarga mavzuga oid hujjatli film namoyish etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.