Maʼlumki, isteʼdodli, iqtidorli va har jabhada faol talaba (oʻquvchi) qizlar uchun Urganch davlat universiteti tomonidan olima Munavvara Salayeva nomidagi stipendiya ta'sis etildi.
27- fevral kuni mazkur stipendiyaga nomzodlarning test natijalari hamda hujjatlar tahlili ishchi komissiya tomonidan ko'rib chiqildi va stipendiatlar eʼlon qilindi:
UrDU Iqtisodiyot fakulteti talabasi Oysha Nazarova va UrDU akademik litseyidan Maftuna Eshchanovalar loyiq deb topildi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, stipendiat boʻlgan qizlarimizni chin dildan tabriklaymiz!