1-mart o‘zbek ayollarining vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Yigit qasam ichmaydi, yigitning so‘zi qasam” shiori ostida “Mard o‘g‘lonlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda fakultetning 5 nafar talaba-yigitlar turli xil qiziqarli shartlar asosida oʻz iqtidorlarini namoyon qildilar.
Yakunda esa tanlov g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:
1-o‘rin: 1-kurs talabasi Bekzod Xamidov – “Fakultetning mard o‘g‘loni”;
2-o‘rin: 3-kurs talabasi Shamuradov Murod – “Fakultetning eng namunali o‘g‘loni”;
3-o‘rin: 2-kurs talabasi Raxmanov Alibek – “Fakultetning sportchi o‘g‘loni”.
Shuningdek, “Fakultetning tashabbuskor o‘g‘loni”, “Fakultetning eng iqtidorli o‘g‘loni” nominatsiyalar bo‘yicha ham faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.