Bugun, 3-mart kuni hamkor Udmurtiya davlat universiteti bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Oʻquv ishlari boʻyicha propektori S.Xodjaniyazov, Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov hamda ushbu fakultetning barcha kafedralari mudirlari, professor-oʻqituvchilari, bitiruvchi talabalari ishtirok qildilar.
Uchrashuvda Udmurtiya davlat universitetining 2023/2024 oʻquv yili uchun magistraturaga qabul dasturlari, byudjet kvotalari haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berib oʻtildi.
Bitkazuvchi talabalar Udmurtiya davlat universitetida magistraturada byudjet asosida oʻqishi mumkinligidan mamnun boʻldilar.