Bugun, 4-mart kuni tyutorlar oʻquv mashgʻulotida UrDU Yoshlar masalasalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens nazorat” bo'limi boshlig‘i H.Shihova, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi M.Matniyozova, universitet profilaktika inspektori D.Sapayevlar ishtirok etishdi.
Seminarda ta’lim sifati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Seminar yakunida rejaga muvofiq psixologik trening o‘tkazildi.
Takidlash joizki, ushbu oʻquv mashgʻulotlar davomida tyutorlar oʻzaro fikr va tajriba almashadilar, o'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan masʼullardan zarur tavsiyalar oldilar.