Bugun Urganch davlat universiteti rahbariyati bilan rasmiy muloqotdan soʻng, Kevin Makkoy va Umida Boltayevalar Xorijiy filologiya fakultetida boʻldilar. “The Access Microscholarship program” loyihasida taʼlim olayotgan oʼquvchilar bilan uchrashdilar.
Loyihaning universitetdagi koordinatori F.Masharipova bilan hamrohlikda interaktiv metodlar asosida tashkil etilayotgan dars jarayonlarini kuzatdilar. Darslar davomida turli qiziqarli metodlar orqali ingliz tilini chuqur oʼrganishga intilayotgan oʼquvchilarning harakatlariga guvoh boʻldilar. Oʻqituvchilarning dars oʻtish mahorati va oʻquvchilarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini koʻrib, mamnun boʻldilar.