Bugun 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet maʼmuriyati jamoaning bir guruh faol, fidoiy ayol professor-oʻqituvchilari hamda xodimlariga samimiy tilaklar ila bayram tuhfalarini ulashdilar.
Shundan soʻng, universitetimizning bayram shukuhi to‘kin dasturxon atrofida yanada fayzli davom etdi. Davraning ko‘rki bo‘lgan faxriy ustozlarimiz yuzida tabassum, dilida shukronalik barq urib, shogirdlar qalbini quvonchga to‘ldirdi. Bayram oshi ustida shirin suhbatlar, shirin diydor ayollarimizga yanada bayramona kayfiyat bagʻishladi.