Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini topshirigʻiga asosan, bugungi kunda Urganch davlat universitetiga 22 ta kasb-hunar maktabi, 5 ta texnikum va 2 ta kasb-hunar kolleji biriktirilgan. Ushbu professional ta’lim tashkilotlarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetimizning 23 ta kafedrasidan ularga professor-o‘qituvchilar va doktorantlar o‘zlariga mos yo‘nalishlarga jalb qilingan.
Bugun, 10-mart kuni UrDU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Xodjaniyozov Pedagogika fakulteti dekani A.Xudayberganov hamrohligida mazkur professional ta’lim tashkilotlari rahbarlari va ularga biriktirilgan kafedra mudirlari hamda professr-o‘qituvchilar bilan uchrashib, kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qildilar.