Barcha islohotlar inson va uning manfaatlari uchun

Keyingi yillarda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Qisqa davr ichida mamlakatimizda yangilanishlar nafasi kirib bormagan birorta soha va tarmoq, shahar va tuman, qishloq va mahalla qolmadi. Xususan, Xorazm viloyatida ham ayniqsa, chekka-chekka qishloqlardagi aholining turmush tarzini obod qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Bugun Urganch davlat universiteti talabalari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda ham Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar Xorazm viloyati misolida eʼtirof etildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi Sh.Satimov, UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F.Boltayevlar  2023-yil  - “Inson eʼtibor va sifatli taʼlim yili” davlat dasturi doirasida viloyatimizda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilayotgan ishlar hamda mazkur jarayonlarni keng jamoatchilikka, qolaversa, yoshlarga yetkazish borasida atroflicha fikr yuritdilar. 
Tadbir davomida kun tartibidan oʻrin olgan mavzu doirasida videolavhalar namoyish etildi. 

Tadbir mehmonlari talaba-yoshlar bilan dildan suhbat qurib, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishga va muntazam kitob mutolaa qilishga chaqirdilar. 

urdu.uz, Barcha islohotlar inson va uning manfaatlari uchun

urdu.uz, Barcha islohotlar inson va uning manfaatlari uchun

urdu.uz, Barcha islohotlar inson va uning manfaatlari uchun

urdu.uz, Barcha islohotlar inson va uning manfaatlari uchun