Har kuning Navro‘z bo‘lsin, go‘zal O‘zbekistonim!

Bugun viloyatimiz markazidagi "Avesto" bog' majmuasida Xorazm ahli Navro'z ayyomini "Har kuning navro‘z bo‘lsin, go‘zal O‘zbekistonim!" shiori ostida katta shodiyonalar bilan tantanali nishonladi. Kun davomida bir-biridan qiziqarli xalq oʻyinlari, sport musobaqalar, milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan kuy va qoʻshiqlar, milliy va bahoriy taomlar koʻrgazmalari sayilga kelgan yosh-u qariga bayramona kayfiyat ulashdi. 

Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet jamoasi ushbu Navroʻz saylini jonkuyar qatnashchilari qatorida faol ishtirok etdi. Bayram tantanalari yuqori kayfiyatda, ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Bayram sayliga Xorazm viloyati hokimi v.b. Joʻrabek Rahimov tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti jamoasining ishtirokini qizgʻin kuzatib, jamoani bayram bilan qutlagani, ayniqsa, talaba-yoshlarimizga oʻzgacha gʻurur va iftixor baxsh etdi.

Yurtimiz boʻylab Navroʻz shodiyonalari davom etadi.