Joriy yil 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining Isroildagi Favqulodda va muxtor elchisi Feruza Maxmudova bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov boshchiligida universitetning magistrantlari, doktorantlari va yosh olimlari ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv “Isroilning TOP-100 talikka kirgan oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari” mavzusida boʻlib, unda Isroil davlati bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ilm-fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Uchrashuvda qatnashuvchilar Isroil davlatining OTMlari haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.