Bugun Xorazm viloyati markazida joylashgan Jaloladdin Manguberdi haykali qoshida "Konstitutsiya - meniki, seniki, bizniki, o'zimizniki!" shiori ostida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda viloyatimiz ta'lim muassasalari yoshlari qatorida Urganch davlat universitetining professor-o'qituvchilari, tyutorlari va minglab talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.
Tadbirda turli soha vakillari so‘zga chiqishib, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va referendumning ahamiyati haqida so'z yuritishdi.
Poytaxtdan tashrif buyurgan va vohamizning taniqli san'atkorlarining chiqishlari tadbirga yanada xush kayfiyat baxsh etishdi.