Xabaringiz bor, bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi o’z ishini boshladi.
Forumda ikki mamlakatdan 100 dan ortiq ta’lim muassasalari rektorlari qatorida Urganch davlat universiteti rektorining vakili Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Z.Ibragimov ham ishtirok etmoqda. Bugun forumning yalpi yigʻilishida prorektor Z.Ibragimov universitetimiz imkoniyatlari haqida nutq soʻzladi.
Forum doirasida Janubiy Koreyaning Woosong universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy materiallar, nashrlar va axborot almashish, madaniy tadbirlar almashinuvi,birgalikda tadqiqot faoliyati va nashrlar, qo'shma konferensiyalar va akademik dasturlar oʻtkazishni koʻzda tutadi.