2023–yilning mart oyidan boshlab, bir oy davomida Urganch davlat universiteti hamda Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universiteti hamkorlik memorandum natijalariga asosan Biologiya kafedrasiga tashrif buyurgan professor Cemal Ün biologiya yo`nalishida talabalariga o`quv mashg`ulotlari shuningdek professor-o`qituvchilariga seminar– treninglar olib bordilar. O`quv jarayonlarida hamda darsdan bo’sh paytlarida professor Cemal Ün talabalar bilan hamda professor-o’qituvchilar bilan biologiyaning turli xil sohalarida olib borilayotgan tadqiqot ishlari, ulardan olingan natijalar, ularning bugungi kundagi ahamiyati va foydali tomonlari yuzasidan davra suhbatlari olib bordilar.