Turkiyaning Ege universitetida mobil almashinuv o‘tayotgan Maktabgacha ta'lim mutaxassisligi magistrlari universitetning "Ta‘lim" fakultetidagi innovatsion darslarni kuzatishni maqsad qilib qo‘yishgan.
Bugun ham "Ta‘limda qo‘g‘irchoq qo‘llanilishi" nomli darsni kuzatib, amaliy ishlarni talabalar bilan birgalikda bajarishdi.
Bundan tashqari, "Bolani tanish va rag‘batlantirish" fanida ham o‘qitishning noan‘anaviy usul, shakl va vositalarini o‘rganishdi.