Konferensiyada UrDU Pedagogika fakulteti dekani, dotsent A.Xudoyberganov va Ege universiteti Ta'lim (Eğitim) fakulteti dekani Prof. Dr Alper Başbay, shuningdek, UrDU Xalqaro aloqalar bo'limidan E.Yoʻldashov va Ege universitetining Xalqaro aloqalar bo'limidan Pınar Fedakar ishtirok etishdi.
Ta'lim (Eğitim) fakulteti dekani kelgusida maktabgacha ta'lim yo'nalishining talaba va magistrlari mobil almashinuvi bo'yicha Ege universitetiga tashrifi ikki tomon uchun ham gʻoyat manfaatli boʻlishini mamnuniyat bilan qayd etdi. Boisi, ayni damdagi maktabgacha ta‘lim mutaxassisligi o'qituvchi va magistrlarining faoliyati ularda katta qiziqish uyg'otganini bildirdi.
Shuningdek, professor-o’qituvchilarni 2022/2023-yil bahorgi semestr o’quv jarayonlariga jalb qilish bo'yicha muzokaralar ham olib borildi.