Ayni kunlarda UrDU Filologiya fakultetida mehmon boʻlib turgan va talabalarga maʼruza mashgʻulotlarini olib borayotgan olimalar: Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi "Ozarbayjon-Turkmaniston-O'zbekiston adabiy aloqalari" shoʻbasining mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulvi va Qo'qon davlat pedagogika instituti professori Zeboxon Qobilovalar bugun Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.