Bugun, 28-aprel kuni Urganch davlat universitetida Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan «Mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari» mavzusidagi хalqaro ilmiy va amaliy konferensiya ish boshladi.
Unda Iqtisodiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari, doktorant, magistr va talaba-yoshlari bilan bir qatorda mamlakatimizning iqtisodchi olimlari, xorijning Malayziya, Ispaniya, Germaniya, Italya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Ozarbayjon singari davlatlarining oliy taʼlim muassasalaridan professorlar, fan nomzodlari, ishtirok etishmoqda.
Xalqaro konferensiya 9 ta sho’bada tashkil etildi va jami 80 ta maqola qabul qilindi.
Iqtisodiyot fakulteti dekani, i.f.d., prof. I.Abdullayev moderatorlidagi anjumanni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, dots. Z.Ibragimov kirish soʼzi bilan ochib berib, konferensiya ishga rivoj tiladi.
Konferensiyaning yalpi majlisida Qishloq xo‘jaligi bozorlari, marketing va jahon qishloq xo‘jaligi savdosi bo‘limi ilmiy xodimi, Leybnits o‘tish davridagi iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (IAMO; Germaniya) vakili Dr. Ihtiyor Bobojonov “Qishloq xo'jaligi sug'urtasi orqali iqlimga chidamlilikni oshirish”, Iqtisod fanlari nomzodi, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Qozon (Volga) federal universitetining Yelabuga instituti (Rossiya) vakili Axmetshin Elvir “Munirovich Raqamli transformtsiyalash sharoitida mintaqadagi universitetlar infratuzilmasini boshqarishdagi yondashuvlar”, iqtisodiyot fanlari nomzodi, "Davlat menejment universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi Madaniyat, kino, televidenie va ko'ngilochar industriya sohasida menejment bo'limi boshlig'i (Moskva, Rossiya Federatsiyasi) Vorontsova Yulya Vladimirovna “Yagona raqamli makonda tarmoqning mintaqalararo o'zaro ta'siri uchun platforma yaratish asosida hududlarni rivojlantirish”, Urganch davlat universiteti professori, i.f.d. Baxtiyor Ruzmetov “Mintaqaviy iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish metodologiyasi” hamda Urganch davlat universiteti professori, i.f.d. Tangribergan Do'schanov “Xorazm viloyatida innovatsion tibbiy xizmatlarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini prognoz qilish” singari mavzularda maʼruzalar qilishdi. Shuningdek, Zoom dasturi orqali Malayziya va Italiyadan professorlarning fikrlari tinglandi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.
Konferensiya oʻz ishini ertaga, 29-aprel sanasida shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettiradi.