Kaspiy Oliy tarjimonlik maktabi departamenti rahbari, Astraxan davlat universiteti dotsenti Ulyana Aleksandrovna Saveleva Xorijiy filologiya fakultetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o'qituvchi va magistrlariga sinxron tarjima bo'yicha master klass va treyninglar olib bormoqda.
Treyningda tarjimonlarning tarjima jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari va ularni bartaraf qilish yo'llari to'g'risida mukammal bilimlar berilmoqda.