Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari Tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri G. Y. Rahimova boshchiligida Ege universiteti yosh olimasi Arzu Ajar bilan uchrashdilar.
Uch oy davomida Urganch davlat universitetida doktorlik mavzusi bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan tadqiqotchi olima Arzu Ajar bilan suhbat talabalarda universitetimizga bo'lgan faxr tuyg'usini yanada oshirdi.
Suhbat mobaynida Arzu xonim Universitetimiz to'g'risidagi olam-olam taassurotlarini bayon qilib, shaxsan universitet rektori Baxrom Ismoilovichga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, olima universitetimizning adabiyotshunos olimi professor marhum Safarboy Ro'zimboyev to'g'risida yozayotgan kitobi haqida ham to'lqinlanib gapirib oʻtdi.
Bundan tashqari, Arzu xonim kelgusida ilmiy tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish niyatida ekanligini bildirdi.