Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari "Tarjimasi nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi mudiri G.Rahimova rahbarligida Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universitetida talabalar almanishuvi dasturi doirasida amaliyotlarini davom ettirmoqdalar.
Bugun, 13-dekabr kuni "A virtual trip to Uzbekistan" mavzusida katta taqdimot oʻtkazdilar.
Tadbirda Ege universiteti Adabiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Taqdimotda O'zbekistonning tarixiy shaharlari, Urganch davlat universiteti va ulug' ajdodimiz, buyuk sarkarda Jaloladdin Manguberdi hayoti to'g'risidagi videorolik namoyish etildi. Ayniqsa, universitetimizda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi ma'lumotlar mezbonlar e'tiborini tortdi.