Hamkor Udmurtiya davlat universiteti Chet tillar institutining taklifiga binoan bugun Urganch davlat universiteti talabalari va o‘qituvchilari Ural davlat universitetining “Xalqaro ko‘p tillilik” haftaligi doirasidagi “Audiovizual tarjima” fanidan onlayn kirish ma’ruzasida ishtirok etishdi.
Qayd etish joizki, Udmurtiya davlat universiteti Rossiyadagi kam sonli universitetlardan biri boʻlib, unda talabalar “Audiovizual tarjima” asoslarini Tilshunoslik yoʻnalishi doirasida bakalavriat va magistratura dasturlarida oʻrganadilar.
Bunda talabalar audiovizual matnlarni (filmlar, teleseriallar) ekrandan tashqari tarjima, dublyaj yoki subtitrlashni amalga oshiruvchi, tarjimon duch keladigan qiyinchiliklarning illyustrativ misollari bilan tanishadilar. Shuningdek, tarjima muammolarini hal qilishning samarali usullari (rus va ingliz tillari misolida) taqdim etiladi.