Fransiya elchisi Urganch davlat universitetida boʻldi

2023-yilning 20-24 may kunlari Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oreliya Bushez xonim Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida bugun Urganch davlat universitetida boʻldi.  Elchi xonimni universitet rahbariyati mamnuniyat bilan kutib olgach, tomonlarning oʻzaro muzokaralari boʻlib oʻtdi. 

Fransiya elchisi Oreliya Bushez xonim bilan uchrashuvda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Ismailov, UrDU Oʼquv ishlari boʻyicha prorektor Sardor Xodjaniyozov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻayrat Oʻrazboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zafar Ibragimov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Zohid Jumaniyozov hamda “Roman-german filologiyasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. 

Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi koʻplab sohalarda, ayniqsa, taʼlim sohasidagi hamkorlik munosabatlariga to‘xtalib o‘tildi. 

Fransiya elchisi o‘zbekistonlik talabalar fransuz tilida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha Fransiyada oliy ta'lim olish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida to‘xtaldi.

UrDU rahbariyati Oreliya Bushez xonimga Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, xususan, Fransiya oliy oʻquv yurtlari bilan amalga oshirilayotgan istiqbolli hamkorlik aloqalari haqida batafsil maʻlumot berdi.

Rasmiy muloqotda tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi. 

Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

urdu.uz, Fransiya elchisi Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Fransiya elchisi Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Fransiya elchisi Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Fransiya elchisi Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Fransiya elchisi Urganch davlat universitetida boʻldi