Germaniyaning Gamburg universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 9-iyul kuni yurtimizda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy jarayon, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok qilish uchun viloyatimizga tashrif buyurgan Germaniyaning Gamburg universiteti iqtisod bo‘yicha professori Zigfrid Shoppe bugun Urganch davlat universitetida bo‘ldi. 

Professor Zigfrid Shoppeni universitet asosiy o‘quv binosida oliygoh rahbariyati iliq kutib oldi. Janob Zigfrid Shoppe bilan  uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov, bevosita Germaniya oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik qilib turgan fakultetlar vakillari, jumladan, Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayev hamda fakultet professor-o‘qituvchilari, Xorijiy filologiya fakulteti dekan Z.Jumaniyozov hamda fakultet professor-o‘qituvchilari, xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.  

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Gamburg universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu borada o‘zaro kelishib olishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda professor Zigfrid Shoppe Germaniya oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan ma’lumotlar berdi,  Gamburg universitetining tashkil etilishi va bugungi kundagi faoliyati, keng imkoniyatlari haqida to‘xtaldi. 

O‘z o‘rnida mehmon Urganch davlat universiteti bilan ham yaqindan tanishtirildi. Xususan, bugungi kunda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan Germaniya oliy ta’lim muassasalari, mavjud loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. UrDU jamoasi Gamburg universiteti bilan ilmiy-tadqiqot, ta’lim borasida o‘zaro hamkorlik qilish istagini bildirdi. Bunda avvalo, professor-o‘qituvchilar almashinuvidan boshlash maqsad muvofiqligi ta’kidlandi. 

Tomonlar o‘zaro fikr almashib, ta’limdagi yutuq va muammolar tahlil qilingach, Urganch davlat universiteti va Gamburg universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

urdu.uz, Germaniyaning Gamburg universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

urdu.uz, Germaniyaning Gamburg universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

urdu.uz, Germaniyaning Gamburg universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

urdu.uz, Germaniyaning Gamburg universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi