Urganch davlat universitetida Fraktal fazolar va dinamik sistemalar boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlim instituti oʻz ishini boshladi

Bugun, 4-avgust sanasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti, AQSHning Kaliforniya  davlat universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Romanovskiy nomidagi matematika instituti, Amerika Milliy tadqiqotlar fondi hamda Xorazm Maʼmun akademiyasi hamkorligidagi Fraktal fazolar va dinamik sistemalar boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlim instituti mashgʻulotlari boshlandi. 

AQSH Milliy tadqiqotlar fondi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu mashgʻulotlarida AQSHning turli universitetlaridan 20 nafar, Xitoydan 11 nafar,  Oʻzbekistondan 10 nafar PHD va magistr talabalar, shuningdek, Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda. 

Mazkur loyihaning oʻquv mashgʻulotlari bir haftaga moʻljallangan boʻlib, bugun ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni Kaliforniya universiteti professori Z.Ibragimov boshqarib bordi. Unda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev soʼzga chiqib, mehmonlarning universitetimizga tashrifidan mamnuniyatini bildirdi. Ushbu chuqurlashtirilgan ilmiy mashgʻulotlarda yoshlar matematika sohasining eng soʼnggi yutuqlari, ilmiy yangiliklari haqida oʼzaro tajriba almashishlari va dunyo olimlaridan zarur bilimlar egallashlariga ishonch bildirib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi, barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik izhor qildi. 

Shuningdek, oʻquvlarda maʼruza qilish uchun kelgan olimlar AQSH ning New York universiteti professori Misha Lyubich hamda Kaliforniya universiteti professori Mario Bonk ham soʼzga chiqib, ushbu xalqaro miqyosdagi loyihaning ahamiyati haqida soʻz yuritdilar. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida ilmiy ish qilishga yoʻnaltirilgan, chuqurlashtirilgan ushbu oʻquv darslar start oladi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Fraktal fazolar va dinamik sistemalar boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlim instituti oʻz ishini boshladi