Suhbat jarayonlari belgilangan tartibda, komissiya aʼzolari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur bosqichga qadar nomzodlar malaka talablariga mosligi, talabgor tomonidan elektron tizimga yuklangan hujjatlar o’rganildi hamda test sinovlaridan oʻtkazildi. Test natijalari va hujjatlar mosligi aniqlangach, nomzodlar suhbatga ruhsat etildi.
Nomzodlarni ishga qabul qilish jarayonini ochiq va shaffofligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, suhbat chogʻida mahoratli, tashabbuskor, kreativ, bilimli va salohiyatli ilmiy-pedagogik kadrlar zaxira sifatida tanlab olinmoqda.