BMTU REKTORI XARITONCHIK SERGEY VASILEVICH URDU MODDIY TEXNIKA BAZASI BILAN TANISHDI

Bugun Belarus milliy texnika universitetining rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich boshchiligida delegatsiya aʼzolari Urganch davlat universitetining yangi oʻquv binosida boʻlib, u yerdagi talaba-yoshlarni zamonaviy shart-sharoitlar asosida sifatli ta′lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar dastlab Akademik mobillikni muvofiqlash va talabalar bilan ishlash boʻlimida boʻlishdi, xodimlarning ish jarayonlarini kuzatishdi. Shundan soʻng, Mexanika, Optika, Atom fizikasi, Molekulyar fizika, Radioelektronika, Elektr va magnitizm, Oʻsimliklar tahlili hamda Tuproq tahlili oʻquv laboratoriyalarining faoliyati bilan tanishdilar. 

Shuningdek, rektorlar dars jarayonlarida bo′lib, talabalar bilan muloqot qilishdi.